“Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi doirasidagi seminar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-5466-sonli farmoni ijrosini taminlash, tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirgan yoshlarni biznes saboqlariga o‘qitish va ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini kengaytirish maqsadida, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida Toshkent shahridagi Oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun sayyor seminarlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
Jumladan, oliy ta’lim muassasalaridagi talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini oshirish, tadbirkorlikka o‘rgatib borish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi (QQ-6-sonli) hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ( QQ-16-sonli) 2018 yil 22 fevraldagi qo‘shma qarori imzolangan. Yuqoridagi hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazi hamda Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash Respublika markazi hamkorlikda 2018 yil 25 sentyabr kuni talaba-yoshlar uchun foydali seminar tashkil etildi. Seminarni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti yoshlar yetakchisi Akmal Berdimurodov va Toshkent shahar Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi boshlig‘i Saidqulov Jahongir ochib berdi va “Shu kabi samarali o‘quv-seminarlar respublikamiz bo‘ylab davom etayotgani, yoshlarimizning bugungi seminardan olgan bilim va ko‘nikmalarini, boshqa tengdoshlariga tushuntirishi, targ‘ibot qilgan holda, yuqori natijalarga erishishimiz mumkin” - deya to‘xtalib o‘tishdi. Shundan so‘ng, Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash Respublika markazi xodimlari Abdujabborov Akmal Alisherovich va Abdurashidova Feruza Raximovna tomonidan “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi to‘g‘risida tayyorlangan taqdimot namoyish etildi va jamg‘arma to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar institut yoshlar ittifoqi faollariga, faol talaba-yoshlarga atroflicha berib o‘tildi. Talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Keyingi o‘quv-seminarlar Toshkent shahrida joylashgan boshqa oliy talim muassasalarida davom ettiriladi.
Bizda esa, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazi foydali o‘quv-kurslari yana davom etadi. Marhamat, siz ham tashrif buyuring va sertifikat egasi bo‘ling.
Institut yoshlar yetakchisi Akmal Berdimurodov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov